Navbatdagi Madrid derbisi navbatdagi hakamlik mojarosiga aylandi. «Qirollik klubi» boş murabbiyi Joze Mourinio öz jamoasi mağlubiyati bilan yakunlangan öyindan keyin arbitrlarni ayovsiz tanqid qildi – uning fikriça, raqiblar tanaffusgaçayoq ikki qizil kartoçkaga loyiq öyin körsatişgandi. Portugaliyalik mutaxassis öz sözlariga dalil sifatida matbuot anjumanida jurnalistlarga ikki bahsli epizod fotosuratini namoyiş etdi.

Valverde jiddiy jarohat olgan, unga qöpollik qilgan raqib esa jazosiz qoldi

Öyindagi yagona qizil kartoçka aynan «Real» futbolçisiga körsatildi. Din Hausen jarima maydonida işlatgan qöpollikdan keyin hakam uni maydondan çetlatdi, belgilangan penaltini esa Alexandro Grimaldo aniq ijro etdi, bir neça daqiqa ötib mezbonlar hujumçisi Jonatan Devid ikkinçi golni ham urdi. Mehmonlar faqat öyin oxirida Antonio Ryudigerning birgina goli bilan javob qaytarişdi (162).

Öyindan keyingi matbuot anjumaniga Mourinio printerdan çiqarilgan suratlar bilan taşrif buyurdi.

photo_2026-09-21_12-08-20

«Matbuot anjumani uçun vaqtni tejaşimiz mumkin, çunki hammasi şu yerda ayon. Bu ikkita qizil kartoçka», – degan u fotoni körsatgan holda.

Öyindagi ilk bahsli vaziyat 35-daqiqada röy berdi, «Atletiko» himoyaçisi Kristian Romero madridliklar havbeki Jud Bellinghemning oyoğini bosib oldi. Öyin boş hakami Migel Anhel Ortis Arias esa dastlab «Real» futbolçisiga ogohlantiriş berdi, ammo videotakrordan keyin qarorini özgartiri, «Atletiko» futbolçisini sariq kartoçka bilan jazoladi.

photo_2026-09-21_10-41-03

Portugaliyalik mutaxassis ştabidagilarning esa Romero maydonni muddatidan oldin tark etiş kerak bölganiga işonçi komil.

Ikkiçi epizod tanaffus arafasida yuzaga keldi. «Atletiko»ning janubiy koreyalik yarimhimoyaçisi Li Kan In «Real» sardori Federiko Valverdening töpiq sohasiga butsasining ostki qismi bilan zarbab yerdi, ammo boş hakam bu vaziyatni eʼtiborsiz qoldirdi. VAR xonasidagilar ham Ortis Ariasni monitor qarşisiga çaqirmadi.

photo_2026-09-21_11-17-36

Urugvaylik yarimhimoyaçi öyinni oxirigaça davom ettirdi, ammo hakamning yakuniy huştagidan söng şifokorlarga murojaat qilişga majbur böldi. Keyinroq «Real» Fedening çap töpiğida jiddiy jarohat borligi haqida xabar bergan. Klub uning tiklaniş muddatiga aniqlik kiritmagan, ammo Madriddagi manbalarga köra, uşbu futbolçi ikki-uç hafta davomida futbol öynay olmaydi.