Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Qozoğistonga amaliy taşrif bilan borişi xabar berilgandi. 

Ostona şahrida Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan taşkil etilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat rahbarlarining ilk maslahat uçraşuvi böladi, deb ma'lum qildi prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov. 

Komil Allamjonov
Foto: Prezident matbuot xizmati

Şavkat Mirziyoyev şunday uçraşuv ötkaziş taklifini ilk bor 2017 yil sentabr oyida BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan edi. Bu taşabbus noyabr oyida Samarqandda ötgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada mintaqaning barça davlatlari va xalqaro taşkilotlar tomonidan qöllab-quvvatlangan, Qozoğiston tomoni birinçi uçraşuvni Ostonada ötkazişni taklif qilgandi.

Taşrif doirasida yana bir muhim tadbir – Qozoğistonda Özbekiston yilining rasmiy oçiliş marosimi böladi. Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu marosimda nutq sözlaydi. 

Şu paytgaça çet davlatlarda Özbekiston kunlari ötkazilgan, lekin hali Özbekiston yili bölmagan edi, dedi K.Allamjonov. Bugun davlatimiz rahbari “Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş töğrisida” qaror çiqardi. Bu ikki qardoş xalqning bir-biriga hurmat-e'tiborining yana bir ifodasi böldi.

Ma'lum qilinişiça, uşbu yirik tadbirga tayyorgarlik köriş uçun Ostonaga madaniyat va san'at namoyandalari, hunarmandlar, jurnalistlar hamda boşqa soha vakillaridan iborat katta delegatsiya yetib borgan.