AQŞ prezidenti Donald Tramp Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste'foga çiqardi. Bu haqda uning özi tvitterdagi sahifasida ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, endilikda bu lavozimga MRB direktori Mayk Pompeo tayinlangan.
AQŞ prezidenti Tillersonga minnatdorçilik bildirgan va Pompeo yangi lavozimda «fantastik darajada» iş olib borişiga işonç bildirgan.

Markaziy razvedka boşqarmasiga esa endilikda Jina Haspel rahbarlik qiladi. U şu vaqtgaça Pompeoning örinbosari edi.
Donald Tramp 2016 yilning 13 dekabrida Tillerson nomzodini AQŞ Davlat departamenti rahbarligiga tavsiya qilgandi. Bu nomzod sobiq davlat kotiblaridan biri Kondoliza Rays tomonidan ham qöllab-quvvatlangandi. U 2017 yil fevralidan AQŞ Davlat kotibi sifatida iş boşladi.
Amerika matbuoti bir neça marta Tramp Davlat kotibi faoliyatidan qoniqiş hosil qilmayotgani va Tillerson bu lavozimni tark etiş arafasida turgani haqida yozgandi. Uning örnini egallaşi mumkin bölgan nomzodlar qatorida Pompeodan taşqari, BMT qoşidagi maxsus vakil Nikki Heylining ham nomi keltirilgan edi. Lekin Davlat departamenti ham, Tillersonning özi ham prezident bilan ziddiyat mavjudligi haqidagi har qanday xabarni inkor etib kelardi.













