Bugun, 14 mart kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida qişloq xöjaligi masalalariga bağişlangan selektor yiğilişi ötkaziladi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, unda Respublikada e'lon qilingan «Boşoqli don ekinlari parvarişida bir oylik favqulodda holat» yuzasidan körilayotgan çora-tadbirlar böyiça viloyat va tumanlarning 4ta sektor rahbarlarining (şuningdek, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari) ğalla parvarişida yöl qöyilayotgan kamçiliklari yuzasidan Respublika işçi guruhlari (Mirzayev, Yusupov)ning hisobotlari tinglanadi.
Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 mart kuni ğalla parvarişi böyiça qabul qilingan yiğiliş bayoni topşiriqlari ijrosini ta'minlaş, jumladan, ğallani mineral öğitlar bilan oziqlantiriş, dalaga mahalliy öğit çiqariş, şarbat bilan suğoriş, ğallaning zang kasalligi, zararkunandalari va begona ötlarga qarşi kuraş böyiça Toşkent viloyatida taşkil etilgan tizim böyiça Toşkent viloyati hokimi va prokurori, viloyat içki işlar boşqarmasi va davlat soliq boşqarmasi boşliqlari (Ibragimov, Pölatov, Allamurodov, Fayzboyev) va boşqa mas'ullarning hisobotlari kun tartibidan örin olgan.











