13:00 / 14.03.2018
20210

«Oxirigacha yeb qo‘y, Reks» - Tramp Tillersonni eskirgan salatni yeyishga majburlagan

globallookpress.com © Olivier Douliery/CNP/AdMedia

13 mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh davlat kotibi (endilikda sobiq kotib) Reks Tillersonni iste'foga chiqarib, uning o‘rniga endilikda sobiq MRB (Markaziy razvedka byurosi) rahbari Mayk Pompeoni tayinlagandi.

Shundan keyin Tramp va Tillerson o‘rtasidagi munosabatlar haqida har xil xabarlar paydo bo‘la boshladi.

AQSh yetakchisi Donald Tramp Xitoyga tashrif vaqtida, o‘shanda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi lavozimini egallab turgan Reks Tillersonga so‘lib qolgan salatni yeyishga majburlagan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qilmoqda.

Nashrning iddao etishicha, hodisa Xitoy parlamentida 2017 yilning noyabrida yuz bergan – «Trampning Osiyo bo‘ylab besh kunlik turi davomida».

Zalda Tramp, Tillerson va Amerika delegatsiyasining boshqa vakillari bo‘lgan.

Stolga «so‘lib qolgan Tsezar» salati solingan tarelkalar qo‘yilgan, deb yozadi WSJ.

Gazeta manbalarining ma'lum qilishicha, Tramp yeyilmagan salat Xitoy tomonini xafa qilishidan xavotirda bo‘lgan. Shu sababdan u Tillersonga uni yeyishni boshlash haqida «topshiriq» bergan.

«Reks, salatni iste'mol qil», - degan prezident.

Mavzuga oid
Top