14 mart kuni Xalqaro Press klubda töy, maraka marosimlari mavzusiga doir navbatdagi sessiya bölib ötdi. Unda bir asr avval jadidlar ham omma fikrini mazkur muammoga qaratişga uringani, bugungi kunda bu muammo yanada dolzarb tus olgani xususida fikrlar aytildi.
Spikerlar hamda moderator Şerzodxon Qudratxöjayev ham öz fikrlari bilan örtoqlaşib, muammo yeçimini topişga urinişdi. Ayniqsa, Şayxontohur tumani boş imom-xatibi Odilxon Ismoilovning Islom dinida isrofgarçilik qoralanişi, uning oqibatlari, isrof qiluvçilarni Alloh ham sevmasligi, ya'ni isrof qiluvçilar halok qilinişi haqida Qur'oni karimdan oyatlar bilan asoslagan fikri ta'sirçan çiqdi.
Unda iştirok etgan barça, dabdababozlik, kibr-riyo, kimözarga aylanib qolayotgan töylarni ixçamlaştiriş borasida öz fikrlarini, takliflarini ilgari surdi. Xalq taqiqqa örganib qolgan ekan, töylarni ixçamlaştiriş, tökin-soçin töy ötkazişni taqiqlaş maqsadga muvofiq ekani, bu iş yuqoridan boşlanayotgani töğri bölayotgani, Senat tomonidan işlab çiqilayotgan Nizom ayni muddao bölişini ta'kidlandi.
Men şu örinda, XPKda aytolmagan (imkon va vaqt bölmadi) mulohazalarimni aytişga qaror qildim. Albatta, sessiyada jaranglagan barça fikrlarni e'tirof etiş joiz. Ularning barçasi muammoni ijobiy tomondan hal etişga qaratilgan. Spikerlar va söz imkoni berilganlar muammoning sababini topişga harakat qilişdi. Töy-haşamga özimiz sababçi ekanimiz yoki masala tarbiyada ekani va boşqa jihatlarga e'tibor qaratildi. Ammo ayni öşa muammolarning asosiy negizini aytişga, nazdimda köpçilik e'tibor bermadi, aytmoqçi bölganlarda jur'at yetişmadi.
Birinçidan, barçamizga yaxşi ma'lumki, köp millatli Özbekiston aholisining aksariyati Islom diniga e'tiqod qiluvçilar, musulmonlardir. Qolaversa, özbek ota-onasi borki, farzandining kamolini körgisi, yaxşi joy bilan quda-anda bölib, çiroyli töy bergisi keladi. Ammo ayni şu orzu-havas masalasida haddan oşmaslik, isrof qilmaslik borasida aynan özlari e'tiqod qiluvçi muqaddas dinlari nima deyişini yaxşi anglamasliklari yoki bilmasliklari sababli biz hozirda töy-marosimlarni ixçamlaştiriş muammosini davlat siyosati darajasida muhokama qilmoqdamiz.
«Tarbiya biz uçun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir», degan edi Abdulla Avloniy. Afsuslar bölsinki, dunyo davlatlari, boşqa mamlakatlar texnologik taraqqiyotga erişgan bugungi kunda, biz hamon 100 yil avvalgi muammo, tarbiya masalasini aniq yölga qöya olmaganimiz tufayli, 100 yil avvalgi muammoni kun tartibiga çiqarmoqdamiz. Şuni ta'kidlaşni istardimki, nazdimda, bugungi kunda taqsimlanganidek, tarbiyaning diniy-dunyoviyligi bölmaydi. Aksinça, ikkisini, ya'ni diniy va dunyoviy ta'limni muvofiqlaştiriş hamda birlaştiriş orqali yuksak natijalarga erişiş mumkin böladi. Buni aynan bizning yurtimizdan, Islom diyorlaridan çiqqan, dunyo fanining tamal toşini qöygan olimu fuzalolarimiz isbotlab bölişgan.












