Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonning markaziy shaharlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bannerlar o‘rnatilmoqda
Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ayni vaqtda Qozog‘istonda bo‘lib, Respublika madaniyat va sport vazirligi qoshidagi Turizm sanoati qo‘mitasi vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Qo‘mita vakillarining KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, endi O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi yirik shaharlari va viloyatlar markazlarida Qozog‘istonga sayohat qilishga chorlovchi bannerlar joylashtiriladi. O‘z o‘rnida Qozog‘iston tomon ham o‘zining yirik shaharlari markazlarida O‘zbekistonga sayohat qilishga undovchi bilbordlarni joylashtiradigan bo‘ldi.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ushbu banner va bilbordlar dizaynini ishlab chiqib, Qozog‘iston tomonga tashabbus bilan chiqqan va hozirda Ostona, Olmaota va boshqa yirik shaharlarda O‘zbekistonga sayohat qilishga chorlovchi bilbordlarni joylashtirish ishlariga start berildi.
Bundan avval O‘zbekiston va Qozog‘iston xorijlik sayyohlarga har ikki davlatga tashrif buyurish imkonini beruvchi turistik multivizalarni amalga kiritish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, tomonlar kelishadigan vizalar har ikki davlat hududida ham bir xilda amal qilishi ko‘zda tutilgan, xususan, shunday viza bilan O‘zbekistonga kelgan sayyoh Qozog‘istonga ham bora oladi, yoki shunday viza bilan Qozog‘istonga borgan sayyoh O‘zbekistonga ham kelish imkoniga ega bo‘ladi.
Bugun ikki qardosh mamlakat davlat rahbarlari ham Oqo‘rda qarorgohida uchrashuv o‘tkazib, keyingi bir yarim yil ichida ikki do‘st, qardosh xalq o‘rtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi tizimga tushgani, 2017 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash 2 milliard dollarga yetganini qayd etishdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarimiz yanada mustahkamlanishiga kelishildi.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
19:01 / 12.01.2026