Özbekistonda töqimaçilik sanoatining barqaror rivoji uçun barça muhim asoslar yetarli: yuqori sifatli xomaşyo resurslari, energotaşuvçilar, malakali va nisbatan qimmat bölmagan işçi kuçi va boşqalar. 

"Öztöqimaçiliksanoat" uyuşmasi raisi birinçi örinbosari  Bahodir Alixonovning "Şveytsariya töqimaçilik maşinasozligi" simpoziumida aytgan sözlariga köra, Mustaqillik qölga kiritilganidan keyin Özbekistondagi töqimaçilik sanoati ikki asosiy yönalişda rivojlangan: xomaşyoni çuqur qayta işlaş maqsadida işlab çiqariş jarayonlarining modernizatsiyasi va eksport kölami, raqobatbardoş mahsulotlarni kengaytiriş. 

"Ulkan resurs imkoniyatlari, yuqori texnologiyali işlab çiqarişni rivojlantirişga intiliş, innovatsion işlanmalarni keng tatbiq qiliş, xalqaro sifat standarti va ekologik talablarning ustuvorligi xorijiy kompaniyalarning yurtimizdagi töqimaçilik biznesi yönalişlariga  qiziqişini orttirdi. 

Özbekiston xorijiy hamkorlar bilan işlaş borasida salmoqli tajribaga ega, şu jumladan yirik insvestitsion loyihalarni amalga oşirişda ham. Bugun bu hamkorlik yangi bir bosqiçga kötarilmoqda. Töqimaçilik maşinasozligiga bölgan alohida e'tibor bunga yaqqol misol böla oladi", - deydi B.Alixonov. 

Sönggi yillarda Özbekistonda töqimaçilik maşinalarini işlab çiqariş böyiça jahon bozori yetakçilaridan biri hisoblangan  Şveytsariyaning Rieter kompaniyasi bilan töqimaçilik uskunalarini işlab çiqariş yölga qöyildi. Prezidentning tegişli qarorlariga muvofiq Toşkentda töqimaçilik texnologiyalarini işlab çiqaruvçi Rieter Uzbekistan korxonasi taşkil etildi, şu bilan birga zamonaviy trening-markaz iş boşladi. Mazkur markazda işçilar yangi, zamonaviy texnologiyalarda töğri işlaşni örganişadi. 

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, 2018-2021 yillar uçun Tuzilmaviy yangilanişlar, işlab çiqarişni modernizatsiya va diversifikatsiya qilişga doir qator çora-tadbirlar dasturi amalga oşirildi. Dastur doirasida umumiy hajmi 2,4 milliard dollarni taşkil qiluvçi 143 ta salohiyatli töqimaçilik loyihasini amalga oşiriş közda tutilmoqda. Töqimaçilik maşinasozligi yetakçilari iştirokida mamlakatning barça hududlarida vertikal integratsiyalaşgan töqimaçilik komplekslari faoliyatini yölga qöyiş, şuningdek mavjud töqimaçilik maşinasozligini modernizatsiya qiliş va kengaytiriş rejalaştirilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bundan taşqari, simpoziumda Şveytsariyaning Rieter AG, Amsler Tex AG, Maag Brothers Machine, Works LTD, Loepfe Brothers LTD, SERV kompaniyalari öz taqdimotlari bilan qatnaşişdi.