«Usmon Haqnazarov» taxallusi bilan turli xil maqolalar yozgan Bobomurod Abdullayev öziga nisbatan ilgari surilgan barça ayblovlarni rad etdi. 15 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Bobomurod Abdullayev işi böyiça navbatdagi oçiq sud majlisi bölib ötdi. Avval xabar berganimizdek, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasreddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayev ÖzR Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismida (Özbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda. 

KUN.UZ muxbiri xabar berişiça, sud majlisida prokuror B.Qobilov ayblov xulosasini öqib eşittirdi. Sudlanuvçilardan H.Nasreddinov aybini töliq tan olişini bildirgan bölsa, R.Salayev aybini qisman tan oldi. Ş.Olloyorov va B.Abdullayev ularga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni tan olmasliklarini, aksinça barçasini inkor etişlarini bildirişdi.  

Şu bilan birga, 15 mart kungi sud majlisida Bobomurod Abdullayev körsatma berişni boşladi. Uning körsatmasining bir qismi tinglandi.

Mazkur jinoiy işni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi sudyasi Z.Nurmatov (rais), xalq maslahatçilari S.Turapova va M.Mirağzamovdan iborat sud tarkibi körib çiqmoqda. Navbatdagi sud majlisi 26 mart kuni bölib ötişi belgilandi.

Eslatib ötamiz, 7 mart kuni bölib ötgan sud majlisida sudlanuvçi B.Abdullayevning advokati S.Mayorov tomonidan sudlanuvçiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasini tayinlaş töğrisida iltimosnoma kiritilgan edi. Iltimosnomada sudlanuvçiga nisbatan tergov paytida jismoniy tazyiq ötkazilgani, u turli xil qiynoqlarga solingani bayon etilgan, iltimosnoma tegişli tartibda sud tomonidan qanoatlantirilgan edi.