Özbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ağdariş va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yöl bilan ağdarişga uringanlikda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev sudda körsatma berişni boşladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
«Öziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni batamom inkor etgan Abdullayev sudda özining qölga oliniş jarayoni, öziga nisbatan qiynoqlar bölganini batafsil hikoya qilmoqda. U rost sözlamoqda, aks holda Bobomurod bu qadar aniq, ikir-çikirigaça hikoya qila olmas edi», - dedi advokat S.Mayorov.
Uning aytişiça, Abdullayev va himoyaçilari, garçi sud-tibbiy ekspertizasi qiynoqlar bölganini tasdiqlamagan bölsa-da, qiynoqlar bölganini ta'kidlaşda davom etişadi hamda körsatma beriş jarayonida barçasiga oydinlik kiritiladi.

«Bobomurod körsatmalarida tergov işida yozilganlaridan tubdan farq qiluvçi körsatmalar bermoqda. Masalan, jinoyat işida Usmon Haqnazarov taxallusini 2012 yildan boşlab qöllay boşlaganini yozgan. Ammo Bobomurod bugungi sud majlisida bu taxallusni 2003 yildan beri qöllaşini tasdiqladi», - dedi Abdullayev advokati.











