13 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Buyuk qozoq şoiri va mutafakkiri Abay Qönonboyev ijodiy merosini keng örganiş va tarğib qiliş töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Abay – Ibrohim Qönonboyev – XIX asrning ikkinçi yarmida yaşab, ijod etgan qozoq yozma adabiyotini asosçisi, bastakor, faylasuf va ma'rifatparvar şoiridir. U 1845 yilning 8 avgustida Semipalatinsk viloyatiga karaşli, hozirgi Abay tumani, Çingiztoğ bovuridagi Qaşqabuloq makonida dunyoga kelgan. Otasi Qönonboy Öskonboy öğli qozoq uruğlari içidagi eng boy, badavlat kişilardan bölib, Abayni öqitişga katta ahamiyat berdi. Abay madrasada tört yil ta'lim oldi. Arab, fors tillarini örgandi. Markaziy Osiyo allomalarini, xususan, Sa'diy Şeroziy, Hofiz Şeroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini mutolaa qildi. Qolaversa, A. S. Puşkin, L. N. Tolstoy, M. Ye. Saltikov-Şçedrin asarlari bilan qiziqib, öz bilimini oşirdi.

Abaydan 300 ga yaqin şe'riy asar, “Iskandar”, “Mas'ud”, “Azim hikoyasi”, “Vadim” kabi dostonlar yetib kelgan. Uning asarlaridan xalqlarni döstlikka da'vat etiş ğoyasi asosiy örin egallagan. Bu örinda şoirning “Ey muhabbat, ey döstlik”, “Yigitlar”, “Öyin arzon, kulgi qimmat”, “Közimning qorasi”, “Qiz sözi”, “Yigit sözi”, “Oşiq sözi – tilsiz söz” kabi asarlarini körsatib ötiş kerak. Abayning Puşkinning “Yevgeniy Onegin” asari asosida bitgan “Tatyananing qirdagi qöşiği” degan turkum şe'rlari qozoq adabiyotining eng yaxşi namunalaridan biri bölib qoldi. Abay şe'riyatida muhabbatsiz, döstliksiz hayot bölmaydi, degan ğoya ilgari surilgan. Qolaversa, bu uluğ şoir haqiqat kuyçisi sifatida ham tarix sahifalarida öz nomini yozib qoldirgan. Misol uçun, u şe'rlaridan birida şunday deydi:

Yuragingning tubini teran böyla,

Men haqimda söylasang rostin söyla.

Men taqir yerda ösdim va bir özim

Mingta bilan olişdim, buni öyla!