Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida tösiqlarsiz "Ipak yöli" tizimini joriy qiliş rejalaştirilmoqda. Zero sayyohlarning qadimiy Ipak yöliga bölgan qiziqişi juda katta, Özbekistonda esa turizmni rivojlantiriş borasida katta işlar amalga oşirilmoqda. KUN.UZ muxbiri Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimovning bu borada bergan izohlariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

"Ğoya şundan iboratki, qöşni mamlakatlarga - Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va ehtimol Ozarboyjon bilan multiturlarni taşkil qiliş. Ayni damda gap faqat Özbekiston va Qozoğiston haqida borayotgan ekan, bu mamlakatlardan biriga, masalan Qozoğistonga viza bilan yoki vizasiz taşrif buyurgan sayyoh Özbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva yoki Toşkent şaharlarini ham ziyorat qiliş imkoniga ega böladi. Bularning bari juda jiddiy işlarning amalga oşirilişini, birinçi navbatda, qöşma ma'lumotlar bazasini tuziş, ma'lumotlar almaşinuvini talab qiladi", - deydi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi.

Umuman olganda, bu Özbekiston Prezidentining 3 fevral kungi "Özbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantiriş uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi farmoni ijrosini ta'minlaş maqsadida "Kiriş turizmini rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi prezident qaroriga muvofiq keladi. Unga köra, Özbekiston 1 maydan e'tiboran xorijlik fuqarolarga 72 soat muddat davomida amalda böladigan qisqa muddatli kiriş vizalarini taqdim etadi.

"Bugunga kelib, Qozoğistonda ham 72 soatlik turistik rejim yölga qöyilgan bölib, unga köra, Ostonaga kelgan xitoylik Qozoğistonni aylanib, keyin Özbekistonga parvoz qilişi, 3 kunni şu yerda ötkazib, Xitoyga qaytişi mumkin böladi.

Qozoğiston bilan yangi joriy qilinayotgan rejimga köra esa, bu muddat 3 kun emas, 5 kungaça bölişi mumkin. Qozoğiston çegara xizmati bilan işonçli aloqalar örnatilişi asosiy ğoyalardan biri, ya'ni ular tekşirgan sayyohlarga biz ham işonişimiz mumkin. Buning uçun şubhasiz ikki tomon qator işlarni amalga oşiradi. Tösiqlarsiz "Ipak yöli" tizimini joriy qiliş bunda boş  maqsadlardan biridir. Zero sayyohlarning qadimiy Ipak yöliga bölgan qiziqişi juda katta. Buni "Ipak yöli" viza rejimi desa ham böladi", - qöşimça qiladi Aziz Abduhakimov.

Şu örinda "Şengen kelişuvi" yodga tuşadi, unda ham dastlab beş davlat özaro tösiqlarni olib taşlab, keyin sekin-asta öz doirasini kengaytirib borgan.