2018 yil 16 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudida sudlanuvçilar Natalya Temirova (muqaddam Toşkent yuridik kolleji direktori lavozimida işlagan) va Abdulazizjon Salimjonovga (muqaddam Toşkent yuridik kollejida iş yurituvçi kotib va xodimlar bölimi inspektori bölib işlagan) nisbatan jinoyat işini körib çiqiş böyiça oçiq sud majlisi boşlandi.
Özbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidovning xabar berişiça, mazkur jinoiy iş Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Uçtepa tuman sudi sudyasi Bolat Sultonov raisligida hamda xalq maslahatçilari Sanoat Nabiyeva va Dono Islomovadan iborat sud tarkibida körib çiqilmoqda.
Iş böyiça raislik qiluvçi B. Sultonov sud majlisini oçdi va sudlanuvçilar N. Temirova va A. Salimjonovga nisbatan jinoiy iş eşitilayotganligini e'lon qildi.
Sudlanuvçi N. Temirova Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168-moddasi (firibgarlik), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 28 orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş), 227-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni va boşqalarni egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş) va 238-moddasida (yolğon guvohlik beriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda, sudlanuvçi A. Salimjonov Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28 orqali 211-moddasi (pora berişga qiziqtiriş) va 28 orqali 209-moddasida (mansab soxtakorligiga kömaklaşiş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud tomonidan sud jarayoni iştirokçilarining hozir bölgani tekşirildi, sud tarkibi, tomonlar e'lon qilindi, rad qiliş huquqi tuşuntirildi, sudlanuvçilarning şaxsi va ularga ayblov xulosalarining nusxalari berilgan vaqt aniqlandi, iş böyiça sudlanuvçilar va tomonlarning huquq hamda majburiyatlari tuşuntirildi.
Sud majlisining tayyorgarlik qismi iltimosnomalar bor-yöqligi töğrisidagi masalani aniqlaş bilan yakunlandi. Söngra rais tomonidan sud tergovi boşlanganligi e'lon qilindi.
Davlat ayblovçisi – Toşkent şahar Uçtepa tumani prokurori örinbosari Baxtiyor Yusupov ayblov xulosasini öqib eşittirdi.
Dalillarni tekşiriş tartibi belgilandi. Bu jarayon davomida sudlanuvçilar, fuqaroviy da'vogar, guvohlar va mutaxassislarning körsatmalari tinglanadi, şuningdek, uşbu iş böyiça töplangan boşqa dalillar tekşiriladi.
Sudning keyingi majlisi 2018 yil 26 mart kuni bölib ötadi.












