2018 yil 16 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Uçtepa tumani sudida Toşkent yuridik kolleji sobiq direktori N.Temirovaning jinoyat işiga oid sud jarayoni boşlandi, deb yozmoqda ÖzA. 

Ma'lumki, Toşkent yuridik kolleji öquvçilari dars vaqtida kollej hovlisida özaro janjallaşib, piçoqbozlik qilişi oqibatida ularning biri vafot etgani, biri esa oğir tan jarohati olgani köpçilikning qalbini larzaga solgan edi. 

Prezident ham bu voqeaga e'tibor qaratib, kollej sobiq direktori Temirova uşbu holatga yöl qöygani hamda juda köp miqdorda kollej mablağlarini özlaştiriş, mansabini suiiste'mol qiliş kabi jinoyatlarni sodir etgani uçun bugun qonun oldida javob beryapti, deb qayd etgan. 

Sodir bölgan mudhiş voqeadan keyin Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan mazkur kollejda tekşiriş ötkazdi. Natijada bu öquv maskanida boşqa jinoyatlar sodir bölayotgani ham aniqlandi va jinoyat işi qözğatilgan edi. 

Mazkur jinoyat işiga aloqador bölgan hamda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblanayotgan N.Temirovaga nisbatan 2017 yil 25 noyabr kuni qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan.