JAR sobiq prezidenti Jyeykob Zuma korrupsiyada ayblanmoqda. Bu haqida 16 mart kuni mamlakat boş prokurori Şon Abrams ma'lum qilgan.

Uning sözlariga köra, 75 yoşli siyosatçi 1990-yillar oxirida qurol yetkaziş böyiça kelişuv uçun jinoiy javobgarlikka jalb qilinadi. Uning summasi 30 milliard rand (2,5 milliard dollar)ni taşkil qilgan. U paytlar Zuma vitse-prezident lavozimida bölgan. Bu kelişuvdagi korrupsiya uçun uning sobiq moliyaviy maslahatçisi ozodlikdan mahrum qilingan. 

Boş prokuratura vakilining aniqlik kiritişiça, umumiy hisobda siyosatçiga 783 taxminiy qoidabuzarlik holatlari böyiça 16 ayblov qöyilmoqda. 

"Masalani örganib çiqaandan keyin Zumaga ayblov xulosalarida sanab ötilgan ayblovlar böyiça sudning muvaffaqiyatli yakunlanişiga real imkoniyatlar mavjud deb hisoblayman", - dedi Abrams. U sobiq prezident öz aybini inkor qilayotganini qöşimça qildi.

Zuma hukmron Afrika milliy kongressi (AMK) bosimi munosabati bilan millatga televizion murojaati vaqtida 15 fevral kuni iste'foga çiqişi haqida e'lon qilgan. Mamlakatning yangi prezidenti etib sobiq vitse-prezident Siril Ramaposa tanlangan. U yurtdoşlariga korrupsiyaga qarşi kuraşişga bor kuçini safarbar etişga va'da bergandi.

Sönggi vaqtlarda muxolifat hukmron partiya va şaxsan prezidentning özini davlat mulkini talon-taroj qilişda ayblayotgandi. Zumanining davlat rahbari sifatidagi muddati 2019 yilda nihoyasiga yetişi kerak edi. U oxirgi 10 yilda mamlakatni boşqargan.