Bir oy avval köplab ajoyib xususiyatlarga ega bölgan Xiaomi Redmi Note 5 Pro smartfonining rasmiy anonsi bölib ötdi. Bu telefonning kelajagi juda porloq, biroq tez orada uning "qotili" namoyiş etiladi - Lenovo S5.

Işlab çiqaruvçi bir neça soat ilgari Lenovo S5 – Xiaomi Redmi Note 5 Pröning haqiqiy "qotili" ekani, u funksional imkoniyatlari böyiça yanada kuçli va qiziq ekani haqida ma'lum qildi. Bundan-da batafsil ma'lumotlar taqdim etilgani yöq, biroq kompaniya vakillari qiziq bir jihatga töxtalib ötişgan: yangi qurilma iOS'da işlaydi. Ehtimol, gap Android Oreo bazasidagi ZUI 3.5 grafik qobiği haqida ketayotgandir.
Lenovo S5 smartfonining rasmiy taqdimoti 20 mart kuni bölib ötadi. Qurilmaning heç qanday texnik xususiyatlari haqida ma'lumotlar yöq. Gap şundaki, Lenovo kompaniyasi mahalliy bozordagi pozitsiyasini şiddat bilan rivojlantirmoqda, şu bois bu telefon uzoq vaqt içidagi birinçi qurilma bölişi kutilmoqda.

Yangi smartfon Xiaomi Redmi Note 5 Pro "qotili" sifatida e'tirof etilayotgan ekan, telefon kamida 18:9 tomonlar nisbati va ikki asosiy kameraga ega bölişi kerak. Bundan taşqari, dasturiy algoritm hisobiga işlovçi Face Unlock yuz skaneri bilan ta'minlanişi kutilmoqda. Hozirda barça işlab çiqaruvçilari öz mobil qurilmalariga şu skanerni joriy qilişga harakat qilişmoqda.












