Maşhur rusiyzabon insayder Veniamin Geskin özining Twitter'dagi sahifasida Apple kompaniyasi iPhone X smartfonlari qatorini tillarang qurilma bilan kengaytirişga tayyorlanayotgani haqida ma'lum qildi. 

"Brush Gold rangidagi iPhone işlab çiqarişda", - deb yozadi u.

Foto: Twitter/@VenyaGeskin1

Gaskin Brush Gold rangidagi SIM-karta lotkasi suratini yuklab, vendor yangi rangdagi iPhone X'ni işlab çiqarayotganiga işora qildi. Ta'kidlaş joizki, bunday rangdagi smartfonning 3D-tasvirlari flagman relizidan bir neça oy oldin paydo bölgandi. Biroq Apple iPhone X'ni ikki rangda taqdim etdi — kumuşrang va "kulrang kosmos".

Foto: Twitter/@VenyaGeskin1

iPhone X bilan bir vaqtda namoyiş etilgan iPhone 8 tillarang versiyada ham taqdim etilgan edi. Şuningdek manbada aytilişiça, Apple kompaniyasi RED aksiyasi doirasida özining sönggi qurilmasini qizil rangda taqdim etişi ham ehtimoldan xoli emas. Tillarang ayfon yaqin orada paydo bölişi kutilmoqda, zero bunday rangdagi smartfonlar Osiyo bozorlarida juda maşhur.