Anqara Bolgariyaning Varna şahrida ötadigan Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammitida yevropalik şeriklaridan migratsiya inqiroziga qarşi kuraş uçun va'da qilingan 3 mlrd yevroni söramoqçi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Anqaradagi çiqişida ma'lum qildi.

“Ular (yevropalik şeriklar) 3 mlrd yevro haqidagi ikkinçi tranş haqida töxtamay gapirişadi. Biroq biz hali birinçi tranşni olganimiz yöq. Va'da berdingizmi, unda bering va bizni laqillatişni bas qiling. Biz bu masalani Varnadagi sammitda kötaramiz”, deb aytgan Erdöğan. Erdöğan 26 mart kuni Varnada bölişini va Yevropa Ittifoqi oldida pullar ajratilişi masalasini yana qöyişini qöşimça qilgan.

2016 yil 17-18 martdagi YeI-Turkiya sammitida Bryussel va Anqara Yevropaga migratsiya oqimini qisqartiriş çoralarini közda tutuvçi kelişuvni imzolagan. Öşanda YeI Turkiyaga 3 mlrd yevrodan ikki marta jami 6 mlrd yevro ajratiş majburiyatini olgan. 2018 yil 14 martda Yevrokomissiya 2017 yil oxirida mablağlarning birinçi qismi töliq ajratilgandan keyin, ikkinçi tranşni safarbar qilişni boşlaşini ma'lum qilgan.

Biroq Erdöğanning aytişiça, ayni vaqtda Turkiyaga va'da qilingan mablağlardan faqatgina 850 mln yevro olingan.