Turkiya istalgan vaqtda Iroq Kurdistonining Sinjar şahrida harbiy amaliyot boşlaşi mumkin. Bunday bayonot bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan çiqdi. 

Erdöğanning aytişiça, Anqara Bağdod bilan Iroqdagi aksilterrorçilik amaliyotini muhokama qilgan. “Turkiya qurolli kuçlari istalgan vaqtda Iroqning Sinjarida Kurdiston işçi partiyasi terrorçilariga qarşi amaliyot boşlaşi mumkin”, deb e'lon qilgan Erdöğan. 

Erdöğanning bu bayonoti u Suriyaning Afrini olinganini e'lon qilgandan bir kun ötib yangragan. Erdöğan terrorçilarga qarşi kuraş Suriyaning boşqa hududlari, jumladan Myunbiç, Ayn al-Arab (Kobani), Tall-Abad, Rasulayn va Qamişlida davom etişini ma'lum qilgan.