Toşkent viloyatining Böka tumanida jinoyat sodir böldi, deb xabar qilmoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, 19 mart kuni soat 18.35larda Mirzabek mahallasi raqamsiz uyda yaşovçi, 1952 yilda tuğilgan A.A. uyi oldidan oqib ötuvçi “Katta ariq” kanali yonida, 1988 yilda tuğilgan H.K. bilan özaro janjallaşib, uyidan IIBda röyxatda bölmagan “Belka” rusumli ov miltiğini olib çiqib, H.K.ga qarata uşbu ov miltiğidan 1 marotaba öq uzib voqea joyidan yaşiringan.

Natijada otilgan öq H.K.ning boş qismiga tegib, u jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan.