Buyuk Britaniya Taşqi işlar vaziri Boris Jonsonning taxmin qilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon çempionatini qabul qiliş orqali Rossiyaning imijini yaxşilamoqçi.

Reuters xabariga köra, Britaniya parlamentidagi çiqişi vaqtida Jonson deputatlardan birining xuddi şunday holat 1936 yilda sodir bölgani, öşanda Olimpiadani Berlinda ötkaziş orqali Adolf Gitler Germaniya imijini yaxşilaşga uringani haqidagi fikrini ma'qullagan. «Ha, men ham 1936 yil bilan taqqoslaşni mutlaqo töğri deb bilaman», — degan vazir.

U şuningdek, Angliya terma jamoasini 2018 yilgi jahon çempionatiga yubormaslik töğri bölmasligi, lekin fanatlarning xavfsizligini ta'minlaşga jiddiy e'tibor qaratiş zarurligiga urğu qaratgan.

Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey 21 mart kuni Taşqi işlar vazirligi Rossiyadagi mundial çoğida angliyalik fanatlarga xavf yuqori bölişi mumkinligidan taşvişlanayotganini aytib ötgandi.

Mart oyi boşida Britaniya hukumati Rossiya bilan ziddiyat ortidan jahon çempionati oçiliş marosimiga Qirollik xonadoni boşliq delegatsiya bormasligini ma'lum qilgandi.

Bunday qaror qabul qilinişiga, Angliya janubidagi Solsberi şahrida 4 mart kuni Rossiya Razvedka boşqarmasining sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişi, London Skripalga Rossiyada işlab çiqarilgan modda bilan hujum qilgani, şu tufayli Rossiyani uşbu hujum ortida turgan deb topişi sabab böldi. Moskva uşbu hujumga aloqadorligi böyiça barça ayblarni inkor etmoqda.

Skripalga hujumdan keyin Buyuk Britaniya va Rossiya bir-birining hududidan diplomatlarni çiqarib yuborişga qaror qildi.