Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Suriya şimolidagi Afrinda olib borayotgan harbiy harakatlarini qoralab çiqdi. U şuningdek, Suriya armiyasining Şarqiy Ğutani öqqa tutişda davom etayotganiga keskin e'tiroz bildirgan.
Bundestagda çiqiş qilgan Merkel Germaniya hukumati Şarqiy Ğutadagi aviazarbalarni keskin qoralaydi. U bunda Suriya armiyasini va Başar Asad rejimi harakatlariga jim qarab turgan Rossiyani aybladi.
Merkel Turkiyaning Suriya Afrinidagi harbiy kampaniyasiga «toqat qilib bölmasligi»ni qayd etgan.
«Men Turkiyaning harakatlarini ham qat'iy qoralayman», degan Merkel xonim.













