Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sarkoziga ayblov qo‘yildi
Foto: REUTERS/Gonzalo Fuentes
Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga xorijdan prezidentlik kampaniyasining noqonuniy moliyalashtirilishi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. U sud nazorati ostida qolmoqda. Bu haqda Monde gazetasi yozmoqda.
Bundan tashqari, u passiv korrupsiyani boshqarish va “Liviya davlat mablag‘larini yashirishda” ayblanmoqda.
BFMTV telekanali ma'lumotiga ko‘ra, siyosatchi bu ayblovlarni butunlay rad etishi haqida ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada mamlakat sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qo‘lga olingani xabar berilgandi. Bu uning 2007 yildagi saylov kampaniyasini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ish doirasida sodir bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:42 / 28.04.2026
50 nafar o‘zbekistonlik Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi
09:05 / 25.04.2026
Fransiya okean ustida eng qimmat yo‘lni qurmoqda
09:59 / 24.04.2026
Fransiya yadroviy “soyaboni”ni NATO sharqiy qanotiga kengaytirishi mumkin
10:10 / 21.04.2026