Anqarada dunyodagi eng katta pahlava tayyorlandi. U Ginnesning Rekordlar kitobidan o‘rin oldi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
Pahlava Anqara Savdo palatasi tomonidan tashkil qilingan Travelexpo uchinchi xalqaro turistik ko‘rgazmasi va gastronomik festivali doirasida namoyish qilindi.
Rekord o‘rnatish uchun gastronomik festivalga butun Turkiyadan qandolatchilik san'ati ustalari to‘planishdi.
Turk qandolatchilari maxsus pechda 515 kilogramm og‘irlikdagi ulkan pahlavani tayyorlashdi.










