Vazirlar Mahkamasining 15.03.2018 yildagi 203-son qarori bilan Keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiliş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Joriy yil 1 iyungaça Keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa qatlamlarining avtomatlaştirilgan yagona elektron reyestri işlab çiqilib, foydalanişga topşirilişi lozim. Uning asosiy vazifasi – davlat organlari örtasida ma'lumotlar almaşişni ta'minlaş, byudjyet mablağlari maqsadsiz sarflanişining oldini oliş va suiiste'mol qiliş holatlariga yöl qöymaslik.
1 avgustga kelib byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasining bazasidan va boşqa manbalardan pensiya va nafaqalar oluvçilar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boşqa qatlamlari töğrisidagi mavjud ma'lumotlar unga kiritiladi. Oktyabr oyiga qadar Reyestr keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va yordam körsatiş jarayonlarida iştirok etayotgan organlar va taşkilotlarning ma'lumotlar bazalari bilan integratsiyalaştiriladi.
Uşbu Reyestr «Ijtimoiy himoya» idoralararo axborot tizimining bir qismiga aylanadi. Aholini ijtimoiy himoyalaş sohasida quyidagi interaktiv davlat xizmatlari ham u orqali körsatiladi:
• keksa va nogiron kişining elektron kartoçkasini yuritiş, şuningdek ijtimoiy xizmatlarning alohida dasturini işlab çiqiş;
• TMEKda tekşiruvdan ötiş va alohida reabilitatsiya dasturining elektron şaklini yaratiş;
• Milliy va hududiy reabilitatsiya markazlarida reabilitatsiya qiliş;
• protez-ortopediya mahsulotlari, reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-kolyaskalar bilan ta'minlaş;
• sanatoriy-kurortlarda davolaniş;
• internat muassasalariga joylaştiriş;
• uyda xizmatlar körsatiş, ijtimoiy xizmatlar alohida dasturining elektron şaklini yaratiş;
• dori-darmonlarni hisobga oliş va beriş;
• qarorlar qabul qiluvçi şaxslarning monitorlarida tahliliy axborotni aks ettirgan holda taqdim etiladigan xizmatlarning körsatilişi, hajmi va sifatining monitoringi;











