Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ham eksperiment boshlandi - Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Namangan viloyatining Chust tumanidagi 35-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasida tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha eksperiment o‘tkazildi. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur eksperiment jarayonida viloyatdagi bir necha MChJlar ishtirok etib, ular orasidan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ tanlab olindi va ushbu korxona bilan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Endilikda eksperiment g‘olibi bo‘lgan “Chust tayyorlov lyuks” MChJ tomonidan tumanidagi 8, 28, 30, 34, 35-maktabgacha ta'lim muassasalariga sanitariya va gigiyena talablariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish ta'minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi MTMga tayyor ovqatlar yangicha yondashuv asosida yetkazib berilayotgan xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:11 / 06.02.2026
O‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachilar 5+1 dual tizimda oliy ma’lumot oladi
15:44 / 05.02.2026
Maktabgacha ta’limda dual ta’lim asosida bakalavrlar tayyorlanadi
11:28 / 05.02.2026
Qamrovi past hududlarda xususiy bog‘chalarga yangi imtiyozlar beriladi
10:49 / 05.02.2026