«Real» «PSJ» hujumçisi Neymarni sotib oliş uçun harakatlarni boşladi.
UOL Esporte tarqatgan xabarga köra, Madrid klubi 26 yoşli futbolçiga taklif bayon etilgan maktub yöllagan.
Xabarda aytilişiça, Braziliyaga agent Pini Zaxavi uçib borgan, u Neymar bilan uçraşib, taklifning detallarini tuşuntirgan. Uning aytişiça, «Real» prezidenti Florentino Peres uşbu transferga jiddiy kirişgan.
Öz navbatida Neymar ham Madrid klubiga şartlarini bildirgan.
Ma'lumot uçun, Zaxavi Neymarning oilasi bilan ançadan buyon yaqindan taniş hisoblanadi, u Neymarning otasi bilan yaqin aloqalarda.
Bundan avvalroq futbolçi «PSJ»dan haftasiga 1,1 mln yevro miqdoridagi maoş olsagina, Parijda qolişini bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib ötamiz, Neymar 2017 yilning avgustida 222 million yevro evaziga «Barselona»dan «PSJ»ga kelib qöşilgandi. U joriy mavsumda yangi jamoasi safida 30 uçraşuvda maydonga tuşdi va 29 gol urib, 19 golga uzatma berdi.












