«Men bu bilan hazillashmayman, bunga juda jiddiy munosabatdaman. Bu bir, ikki, o‘n yil talab etar, biroq men bu to‘daning faoliyatiga chek qo‘yaman», - deya aytib o‘tdi Sarkozi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikolya Sarkozi o‘ziga korrupsiya, saylov kampaniyasining noqonuniy moliyalashtirilishi va Liviya davlat mablag‘larini yashirish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar asossiz ekani haqida ma'lum qilgandi.

«Men qandaydir aniq dalillarsiz ayblandim – Muammar Qazzofiyning o‘g‘li, qarindoshi, amakivachchasi, sobiq bosh vaziri, vakili va Ziyod Takiyoddinning bayonotlari asosida», - deya aytib o‘tgan Sarkozi sudda.