Jamiyat | 12:24 / 23.03.2018
19261
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentda Toshkentlend'ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: Toshkentlend

Yangi mavsum boshlanishi munosabati bilan bog‘da yirik ko‘ngilochar dastur tashkil etiladi.

25 mart, yakshanba kuni, Disneylend nomi bilan tanilgan poytaxtning ko‘ngilochar bog‘i - Toshkentlend'ning yangi mavsumda o‘z ishini boshlaydi.

Bog‘ning ochilishi hamda bahorning go‘zal bayrami Navro‘zni nishonlash munosabati bilan 25 mart kuni sizlarni ajoyib shou, ko‘ngilochar dastur, bolalar ertaklaridagi eng sevimli qahramonlar, raqs, ashula, yutuqli o‘yinlar, bayramona mazali sumalak va ko‘plab qiziqarli lahzalar kutmoqda!

«Bu yil biz muntazam ravishda animatorlarni jalb etgan holda mavzuga oid tadbirlar va maxsus dasturlar, ko‘plab ko‘ngilochar shoularni tashkillashtirish, shuningdek noodatiy kvestlar va bir qator mavzuga oid hodisalarni tashkillashtirishni rejalashtirganmiz. Maqsadimiz - bolalarga hayratlanarli taassurotlarni va haqiqiy bayram hissini hadya etishdir» - deya Toshkentlend va Akvabog‘ni o‘z boshqaruviga olgan yangi jamoa direktori Saidahror Qodirov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashmoqda.

Foto: Toshkentlend

Rejalashtirilgan tadbirlar haqida ommani xabardor qilish uchun bog‘ ma'muriyati Facebook (www.facebook.com/toshkentlend) va Instagram (www.instagram.com/toshkentlend) ijtimoiy tarmoqlarida sahifalar ochishdi.

Bog‘ ish tartibi: soat 10:00 dan 22:00 ga qadar, dam olish kunlarisiz.

Chiptalarni oldindan, 24 mart kuni soat 10:00 dan 19:00 gacha Toshkentlend kassalaridan xarid qilish mumkin.

Xizmatlar haqi:

Kattalar uchun: 30 000 so‘m

Bolalar uchun: 15 000 so‘m (3 yoshdan 12 yoshgacha)

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga boqqa kirish bepul.

Chiptalarni xarid qilgach, mehmonlar bog‘da butun kun davomida yurishlari va attraksionlardan chegaralanmagan tarzda foydalanishlari mumkin.

Bog‘lanish uchun telefon: 146-50-00
Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 107.
Mo‘ljal: Akvabog‘, TATU, Teleminora

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid