Özbekistonda 2025–2030 yillarda umummilliy birdamlik boğlari taşkil etiladi. Hukumatning 17 aprel kungi qarori bilan, bu borada kompleks çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Qarorga köra, umummilliy birdamlik boğlarining namunaviy loyihasi 15 maygaça tasdiqlanişi kerak.
Boğlarning 60 foiz hududida yaşil maydon sifatida daraxt va butalar ekiş, piknik zonalar, yoş bolalar uçun maxsus jihozlangan qumloqlar, oçiq osmon ostidagi kiçik kutubxonalar, tasviriy va amaliy san’at bilan şuğullaniş hududlari hamda taşrif buyuruvçilar tinçligini buzmaydigan boşqa elementlar orqali sokin hududlar taşkil etiş közda tutilmoqda.
Sokin hududlarni taşkil etişda daraxt va butalarga zarar yetkazmaslik va nobud qilmaslik maqsadida jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş orqali qöriqlanadigan çegaralar belgilanadi, daraxtlarni suğoriş tizimi qayta körib çiqiladi va samarali faoliyati ta’minlanadi.
Boğlar hududida velosiped yölakçalari, bolalar attraksionlari va oilaviy dam oliş uçun boşqa obektlarni öz içiga olgan oilaviy madaniy dam oliş maydonlari ham böladi.

















