Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yaramas harakatlar» - Davlat departamenti Rossiyaga javob choralari bilan tahdid qildi
AQSh davlat kotibi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Hizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi tufayli Rossiyaga qarshi choralarning turli variantlarini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
«AQSh Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi yaramas harakatlariga turli javob variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu ittifoqchimiz bilan birdam ekanimiz hamda Rossiyani xalqaro norma va bitimlarning ochiqdan ochiq buzilishi uchun javobgarlikka tortish uchun kerak. Bugungi kunda Davlat departamenti xabar qilishi mumkin bo‘lgan choralar yo‘q, biroq biz harakatlarga kirishganimizda, sizlarni albatta xabardor etamiz», - deya ma'lum qilgan Nauert.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh milliy xavfsizlik kengashi Trampga rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishni maslahat bergandi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
08:45 / 24.06.2026