Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko prezidentlik saylovlarida ishtirok etish haqida o‘ylamoqda
Foto: RIA Novosti
Ukraina poytaxti Kiyev shahri meri Vitaliy Klichkoning ma'lum qilishicha, mamlakatda 2019 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda «Ukrinform» xabar berdi.
«Sizlar kelasi yildagi prezidentlik saylovlari haqida gapirmoqdasiz... Men bu haqda o‘ylayapman. Biroq men Kiyev shahri aholisiga va'da qilgan barcha narsamni oxirigacha yetkazishni istayman», - deya aytib o‘tdi Klichko Berlindagi «Ukraina: inqiroz asirida?» yalpi muhokamasida.
Kiyev merining ta'kidlashicha, o‘zining siyosiy xohish-istaklari asosiy ish joyidagi faoliyatiga zarar yetkazishini xohlamaydi.
«Mening hayotimda bir prinsip bor: men va'da qilganimni bajarishim va uni oxirigacha yetkazishim kerak», - deya qayd etib o‘tdi Klichko.
Mavzuga oid
11:22
Zelenskiy: AQSh va Rossiya urushni to‘xtatish uchun bir xil talab qo‘ymoqda
15:22 / 21.02.2026
Yevropa Ukraina yordamida dronlarga qarshi arzon himoya tizimini yaratadi
15:16 / 21.02.2026
Ukraina va Moldovada qator qotilliklarni tayyorlagan guruh fosh etildi
09:52 / 21.02.2026