Skeng ingliz tili onlayn-maktabi hammuassisi va bosh direktori Georgiy Solovyov uyqu rejimini yaxshi tomonga o‘zgartirish, sog‘lom uyqu uchun barcha sharoitlarni yaratish va uyqudan tetik uyg‘onishga yordam beruvchi oddiy, lekin samarali qoidalar bilan bo‘lishdi.

Kompaniyamiz hammuassislari shu qoidalarni qo‘llashadi. Biz barcha menejyerlarga uylarida sinab ko‘rish va kuzatish uchun meteostansiya tarqatdik. Ularning uyqu sifatiga va umumiy holatga qanday ta'sir ko‘rsatishini nazorat qilishni so‘radik.

Top-menejyerlar hamma narsani o‘zlarida sinab ko‘rishsa, keyinchalik bu haqida rahbarlariga, ular esa - o‘z xodimlariga aytishadi. Biz shu tariqa barcha ishchilar hayotiga sog‘lom uyqu qoidasini kiritishni rejalashtiryapmiz, zero to‘g‘ri tashkil qilingan uyqu to‘g‘ridan-to‘g‘ri samaradorlik bilan bog‘liq.

Foto: Depositfotos

Hayot tarzini qanday o‘zgartirish mumkin?

1-qoida. Hech qanday tamaddilarsiz

Uyquga bir necha soat qolganida ovqatdan voz kechish kerak. Taom iste'moli melatonin (uyqu gormoni) va somatropin (o‘sish gormoni) ishlab chiqarish jarayonini sekinlashtiradi. Inson kechasi ovqatlansa, uyquga to‘ymaydi va uyqu vaqtida hech qanday tiklanish jarayonlari kechmaydi.

Foto: mirpiar.com

Qahva ichish u qadar foydali emasligini ko‘pchilik biladi, uyqu oldidan esa u zarar qiladi. Kofein adenozin miqdorini kamaytiradi, bu esa uyquni qochiradi.

2-qoida. Ko‘k chiroqqa yo‘q deng

Sovuq ko‘k rangi melatonin ishlab chiqarish jarayonini yarmiga kamaytiradi. Barcha qurilmalar nurlari esa aynan shunday rang taratadi. Shuning uchun uyqudan ikki soat oldin qurilmalardan foydalanishdan voz kechganingiz ma'qul.

Agar ularsiz hech iloji bo‘lmasa, taymerni tungi rejimga qo‘ying: muayyan vaqtda gadjyet avtomatik ravishda ekranning yorug‘lik intensivligini pasaytiradi.