Ispaniyalik terapevt Visente Meraning sözlariga köra, surunkali kam uxlaş umrni qisqartiradi. U 20minutos naşriga bergan intervyusida yuzni iliq suv bilan yuviş tezroq uyquga ketişga yordam berişi mumkinligini aytdi.

Şifokor uyquga tayyorgarlikni kamida bir soat oldin boşlaşni tavsiya qildi. Birinçi navbatda elektron qurilmalardan töliq voz keçiş lozim. Meraning aytişiça, smartfon, televizor va planşet ekranlaridan taralgan yoruğlik melatonin işlab çiqarilişini susaytiradi va miyaning dam oliş rejimiga ötişiga xalaqit beradi. 

Mutaxassisning sözlariga köra, issiq duş qabul qiliş yoki yuzni iliq suv bilan yuviş tanaga uxlaş vaqti bölgani haqida “signal beradi” va bu tezroq uyquga ketişga sabab böladi.  

Mera barqaror rejimning ahamiyatini alohida qayd etdi. U har kuni, dam oliş kunlarida ham bir vaqtda uxlaş va uyğoniş kerakligini aytdi, çunki aynan muntazamlik biologik soatlarni sinxronlaştirişga yordam beradi.