Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ma'lum qildiki, mamlakat qöşni Suriya hududida yangi aksilterror amaliyotlar boşlaşga tayyor. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

«Suriyaning Frot daryosidan ğarbda joylaşgan hududlarda aksilterror amaliyotlarni çeklaşga qaratilgan çaqiriqlarga yöq deymiz. Turkiya uçun terrorçilarni kim qurollantirişi ahamiyatga ega emas, biz ularning barçasini yöq qilişga tayyormiz. Taal-Rifatdan Manbijgaça, Tall-Abyaddan Ras-al-Ayngaça bölgan hududlardagi aholi Turkiyani olqişlamoqda. Turkiyaning siyosati xavfsizlik, xotirjamlik va tartib örnatişga qaratilgandir», degan Erdöğan. Şu bilan birga, Turkiya prezidenti turklar bu yerlarni bosib olmayotgani, balki ozod etayotganini ta'kidlagan. «Heç kim Turkiyani  Suriyani istilo etişda ayblaşga haqli emas»,— deya qöşimça qilgan u.

Tell-Abyad va Ras-al-Ayn şaharlari Suriya Kurdistonida — Turkiya çegaralariga yondoş joylaşgan, bu hududlar YPG (özini özi mudofaa qiliş xalq otryadlari) nazoratidadir. Turkiya bu otryadlarni Anqara tomonidan terrorçi taşkilot sifatida baholangan Kurdiston işçilar partiyasi qanoti sifatida hisoblaydi.