Maşhur futbol agenti Mino Rayola «Mançester Siti» boş murabbiyi Pep Gvardiolaning insoniy xislatlarini keskin tanqid qildi.

«Gvardiola murabbiy sifatida ajoyib mutaxassis, biroq inson sifatida u mutlaqo nol. U şunçaki qörqoq va it odam.

U özini xuddi ötmişdagi ruhoniylardek tutadi: «Men aytgan işni qil, lekin qilganimni qilma». Agar u «Mançester Siti» bilan Yevropa çempionlar ligasi ğolibi bölsa, u özining yaxşi murabbiy ekanini isbotlagan böladi, biroq inson sifatida uni körgani közim yöq bölib qolaveradi.

Gvardiola «Barselona»da Zlatan kelgan dastlabki kunlarda unga istalgan masalada murojaat qilişi mumkinligini aytgan, ammo keyinçalik futbolçining sörovlarini şunçaki e'tiborsiz qoldiravergan. U hattoki Ibra bilan salom-alik ham qilmay qöygandi.

U xuddi şu işini Maksvellga nisbatan ham qöllagan. Aslida esa Maks juda yaxşi yigit.

Aynan şu sabab bilan bir safar Zlatanga «Ferrari»sini aynan murabbiy örniga qöyişini söragandim», - deya Rayolaning sözlarini keltiradi Mirror.