Yevroosiyo va Rossiya böyiça amerikalik ekspert Stiven Frederik Starr Markaziy Osiyo va Afğoniston örtasidagi munosabatlar hamda Özbekiston prezidentining tinçlikparvar taşabbusi haqidagi fikrlari bilan bölişdi. UzReport'da amerikalik tahlilçi bilan şu mavzudagi qiziq intervyu taqdim etildi.

Ekspert Afğonistondagi muammolar favqulodda oğir ekanini tan oliş kerakligini qayd etdi. "Biroq faqat derazadan qaragan bilan iş bitmaydi, bu xavfli va muvaffaqiyatsiz. Oldinga qaraş kerak. Mening fikrimça, prezidentingiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi - Janubga murojaat - bugungi jahon sahnidagi eng asosiy qadamlardan biridir", - deydi u  va nima uçun şunday ekaniga izoh beradi.

1. Suv. Sizning mintaqangizda suv juda muhim ahamiyatga ega. Afğoniston ham suvga doir barça muhokamalarda iştirok etişi zarur.

2. Transport. Yangi temir yöl yönalişingiz Afğoniston hukumati uçun juda muhim, albatta.

Gap şundaki, Özbekiston Afğonistonning iqtisodiy rivojlanişida muhim rol öynay oladi.  Mozori Şarifni olaylik. Bugun bu juda jonli şahar. Şahar boşqa mamlakatlar poytaxtlari bilan töğridan-töğri aloqada. Bu mö'jiza. U yerda sizlarni öziga birodar hisoblovçi iste'dodli işbilarmonlar bor. Bu nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uçun katta yönalişdir.

Men Qozoğistonda juda köp afğonlarning ta'lim olayotganini zavq bilan kuzataman. Qirğizlar hali bu yönalişda öz imkoniyatlarini izlaşmoqda. Turkmanlarning ulkan loyihasi ham muayyan vaqt içida amalga oşadi, ya'ni şu kungaça mintaqadagi har bir mamlakat "bir qöşiqni alohida kuylagan". Endi esa Özbekistonning taşabbusi bilan "bu qöşiqni har biringiz alohida emas, mintaqa bilan jör bölib kuylayapsiz". Bu katta "plyus"!

- Tez orada Toşkent Afğoniston muammolari böyiça muhokamalar maydoni sifatida iştirok etadi. Özbekiston prezidentining uşbu taşabbusini qanday baholaysiz?

- Ijobiy! Bu hamma uçun foydali. Bu taşabbus ijobiy va ehtimol, amaliy qadamlarga olib kelişi şubhasiz. Eng asosiysi, bu koferentsiyani Markaziy Osiyoning özi töpladi. Taşabbus aynan sizning prezidentingizdan çiqişi favqulodda muhim ahamiyatga ega. Bu "Biz mintaqaviy muammolarni özimiz hal qila olamiz", degan mazmundagi taşabbus. Katta hukumatlarga yordam sörab murojaat qilişga hojat yöq. Markaziy Osiyo öz yuzi, özining iste'dodli kişilari, öz tarixi va qiziqişlariga ega. Bularning bari ana şu konferensiyada öz aksini topişiga işonaman. Men bu loyihaga çuqur hurmat bilan qarayman. Bu faqat Afğoniston uçun emas, butun Markaziy Osiyo uçun ham juda zarur loyiha.