Vazirlar Mahkamasi Xotin-qizlar bilan işlaş va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlaş böyiça mutaxassis töğrisida nizomni (1.04.2018 yildan boşlab amalga kiritilmoqda) tasdiqladi hamda Xotin-qizlarni va oilani qöllab-quvvatlaş jamoat fondi faoliyati tartibini belgiladi.     
 
Norma’ning yozişiça, ikkala hujjat Prezidentning 2.02.2018 yildagi «Xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş va oila institutini mustahkamlaş sohasidagi faoliyatni tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-5325-son Farmonini ijro etiş maqsadida qabul qilindi.

Fuqarolar yiğinlarida xotin-qizlar bilan işlovçi mutaxassis böladi

Lavozim joriy yil 1 apreldan diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi lavozimi örniga ştat birliklarini tuman (şahar) xotin-qizlar qömitalari tuzilmasiga ötkazgan holda joriy etilmoqda. Oilalar soni 2000 gaça bölgan fuqarolar yiğinida bitta mutaxassis, oilalar soni 2000 va undan ortiq bölgan fuqarolar yiğinlarida esa 2 tadan mutaxassis işlaydi.

Quyidagilar mutaxassisning asosiy vazifalari etib belgilangan:

• xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, oğir ijtimoiy ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam körsatiş;
• oilalarning reproduktiv salomatligini yaxşilaş va tibbiy madaniyatini oşiriş;
• erta nikoh va ajraşişlarning oldini oliş;
• xotin-qizlarning bandligini ta'minlaş, mehnat şaroitlarini yaxşilaş, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandçilikka keng jalb etiş;
• xotin-qizlar örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, jazoni ijro etiş muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi böyiça yordam beriş va b.

Mutaxassis lavozimiga oliy ma'lumotga ega bölgan, kamida 5 yil tegişli fuqarolarning özini özi boşqariş organi hududida doimiy yaşayotgan, oilasi, turmuş-tarzi, xulq-odobiga köra ijobiy tavsiflanadigan xotin-qizlar tayinlanadi. Sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib taşlanmagan şaxslar işga tayinlanişi mumkin emas. Bu lavozimga fuqarolarning özini özi boşqariş organi tavsiyasiga asosan tuman (şahar) xotin-qizlar qömitasi raisi tomonidan tayinlanadi.