Oxirgi ma'lumotlarga köra, 25 mart kuni Rossiyaning Kemerovo şahri markazida joylaşgan “Zimnyaya vişnya” savdo markazida çiqqan yonğinda 7 kişi – 3 ayol, 2 erkak va 2 yoş bola halok böldi. Şuningdek, 35 kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.  

Savdo markazidagi yonğin mahalliy vaqt bilan soat 16:00da boşlangan. Ma'lum qilinişiça, dastlab yonğin markazning oxirgi – 4-qavatidagi kinozallardan birida boşlangani, söngra olov boşqa qavatlarga tarqalgani ma'lum qilingan. Voqea joyida işlayotgan qutqaruvçilar markaz binosi qulaşi va qöşni binoga şikast yetkazişi mumkinligidan xavotirlanib, u binodagi odamlarni ham evakuatsiya qilişgan.

Biroq oxirgi ma'lumotlarga köra, yonğin bolalar maydonçasidagi batutali basseynda boşlangan bölişi mumkin. U yerda kimdir porolonli töldirgiçni yondirgan. Yonğin signalizatsiyasi işlamagan. Oqibatda çiqiş joylaridan kesilib qolgan ba'zi odamlar oynalardan sakraşlariga yoki tomga çiqişlariga töğri kelgan. 

Şahar şifoxonalariga 30 nafar jarohatlangan yetkazilgan. 

Şuningdek, markazning 3-qavatida kontaktli hayvonot boği bölgan. Taxmin qilinişiça, u yerdagi 25 turdagi 200 jonzot ham nobud bölgan. 

Rossiya tergov qömitasi yonğin yuzasidan 3 ta modda: ehtiyotsizlik tufayli ölim yetkaziş, yonğin xavfsizligi talablari buzilişi, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar körsatiş moddalari böyiça jinoiy iş qözğatgan.