«Betis» himoyaçisi Mark Bartra özining Andalusiya klubiga ötiş tarixi va Ispaniya çempionati borasida fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Betis»ga kelişi mumkin bölgan futbolçilar röyxatida mening ismim ham paydo bölgaç, klub muxlislari özlarining jamoasida körişni istayotganliklarini bildirib menga tinimsiz xatlar yoza boşlaşdi. Ular menga katta hurmat körsatişdi va işonç bağişladi.
Men dunyoning eng yaxşi çempionati bölgan Ispaniya La-ligasida töp surmoqdaman. Bir vaqtlar men «Barselona» safida töp surib, bu yerdagi futboldan zavq olardim. Endilikda bu işni boşqa jamoada davom ettirmoqdaman», — degan Bartra Marca naşriga bergan intervyusida.












