13:57 / 28.03.2018
19962

Kommunal to‘lovlar uchun xodimning maoshidan ogohlantirmay ushlab qolish mumkinmi?

Foto: iStock

Odatda ko‘pgina korxona, muassasa va tashkilotlarda xodimning roziligisiz ish haqidan kommunal to‘lovlar uchun ushlab qolish holatlari kuzatiladi. 

Lekin ushbu holat qonunga zid hisoblanadi. 

Chunki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq (164-modda) mehnat haqidan ushlab qolish xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 15 mayda 1031-son bilan ro‘yxatga olingan “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ko‘ra, korxonalar-tashkilotlar kommunal xizmatlar uchun o‘z xodimlardan ularning yozma roziligini olgan holdagina ish haqidan ushlanmalar ko‘rinishida to‘lovni qabul qilib olishlari mumkin.

Shunga ham e'tibor qaratish lozimki, xodimning ish haqidan ushlab qolishda ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga beriladigan mehnat haqining ellik foizidan oshishi mumkin emas.  

 

Top