Xitoyning Leapmotor kompaniyasi ikkinçi çorakda jahon bozorida 240 ming dona avtomobil sotdi. Bu kompaniya uçun rekord körsatkiç bölib, Leapmotor ilk bor sotuv hajmi böyiça Yaponiyaning Subaru va Mitsubishi kompaniyalarini ortda qoldirdi.

Ikkinçi çorakda Subaru 230 ming, Mitsubishi esa 170 ming dona avtomobil sotgan.

Leapmotor kompaniyasining yillik sotuv hajmi 84 foizga ösgan. 

Kompaniya Yevropada Stellantis konserni bilan hamkorlik qiladi. Ikkinçi çorakda eng köp Leapmotor T03 modeli sotilgan bölib, Yevropada uning narxi 15,9 ming yevrodan boşlanadi, Xitoyda esa 9,4 dollardan 12 ming dollargaça. Subaru va Mitsubishi avtomobillari narxi Xitoy bozorida 25 ming dollardan, Yevropada esa 30 ming yevrodan boşlanadi.

Leapmotor kompaniyasi 2015-yilda taşkil etilgan bölib, 2018-yildan avtomobil işlab çiqarişni boşlagan.

2023-yilda Stellantis konserni kompaniyaning 20 foiz aksiyasini sotib olgan.