Kemerovoda köplab qurbonlarga olib kelgan yonğin yuz bergan “Zimnyaya vişnya” savdo markazida işlovçi xodimlar yonğin çiqqan vaqtda u yerga taşrif buyurgan bolalar va ota-onalarni taşlab binodan qoçib çiqişgan. Jumladan, odamlar kinozallarda yopiq holda qolib ketganlar. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uning Kemerovoga taşrifi vaqtida Rossiya tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikin ma'lum qilgan. 

Bastrikinning aytişiça, markazda şuningdek 19 martdan beri signalizatsiya işlamagan. U fojianing ehtimoliy sabablari orasida elektr simlarning qisqa tutaşuvi oqibatida yonğin çiqqan bölişi mumkinligini aytgan. “Yoki bu biz eng kam işonayotgan faraz – oçiq olovni qöllaş bölişi mumkin”, deb aytgan Bastrikin.

Tergov qömitasi rahbarining aytişiça, ayni vaqtda tergov savdo markazi ma'muriyati orasidan aybdorlarni, binodagi xavfsizlikka javob bergan va kinozallardagi eşiklarni yopib qöyganlarni aniqlaştirmoqda. 

Avvalroq tergov doirasida 5 kişi, jumladan yonğin vaqtida yonğin signalizatsiyasini öçirib qöygan qöriqçi uşlangani ma'lum qilingandi.

“Xodimlarning asosiy qismi qoçgan. Ular bolalar va ota-onalarni öz holiga taşlab ketganlar. Xavfsizlikka, evakuatsiyaga javob bergan işçilarning özi birinçi bölib qoçib qolgan. U yerda savdo markazi xodimlari orasidan deyarli birorta qurbon yöq”, deb ta'kidlab ötgan Bastrikin.

Oxirgi rasmiy ma'lumotlarga köra, 25 martda yuz bergan yonğinda 64 kişi, jumladan 41 bola halok bölgan. Ayni vaqtda 25 qurbonning şaxsi örnatilgan.