29 mart kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisi öz işini boşladi. Unda 78 nafar senator iştirok etmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Ayni paytda Senat yalpi majlisida senatorlar safiga yangi qöşilgan Özbekiston Respublikasi sobiq Milliy xavfsizlik xizmati raisi, ayni paytda Özbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatçisi Rustam Inoyatov iştirokçilarga taniştirildi. 

Senatning XIV yalpi majlisi kun tartibiga yangi tahrirdagi “Jamoatçilik nazorati töğrisida“gi, “Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati töğrisida“gi qonunlar kiritilgan. Şunday qilib, majlis kun tartibiga 20 masala kiritilgan, ulardan 13tasi qonun hisoblanadi. 

Ikki kun davomida senatorlar qonunlardan taşqari Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman), Markaziy bankning 2017 yildagi faoliyatiga doir hisobotini eşitadi.