Telefonni o‘zingiz bilan birga olib yursangiz, sizning joylashuv manzilingiz har bir metrigicha ma'lum bo‘ladi. Siz kimga ovoz berishga qaror qilganingiz, qancha pul topishingiz, nechta farzandingiz borligi va sevimli mashg‘ulotingiz qanday ekani-chi? Bularning bari Facebook va Google'da bor. Siz o‘z ma'lumotlaringizni axborot biznesi "akulalari"ga o‘z qo‘llaringiz bilan topshirayotganingizni bilish vaqti keldi va umuman bu vaziyatni o‘zgartirish mumkinmikan? Trendymen nashri shu haqidagi ma'lumotlari bilan bo‘lishdi.

Reklama profili

Google olingan ma'lumotlar asosida har bir foydalanuvchi uchun personal reklama profilini yaratadi. Joylashuv, jins, yosh, sevimli mashg‘uloti, karera, qiziqishlar, munosabatlar bosqichi, taxminiy vazn ("Uch kunda 10 kg yo‘qotishni xohlaysizmi?" qabilidagi reklamalar ildizi shunga borib taqaladi), hatto daromad darajasi ham ahamiyatga molik.

Foto: Trendymen

YouTube'dagi roliklar

YouTube'dagi roliklar tarixingiz ham e'tibordan chetda qolmaydi. Foydalanuvchining qiziqishlariga qarab insonni tushunish oson: u konservatormi yoki yo‘q, depressiyadami yoki aksincha va hokazo. Bunday ma'lumotlarni kim ham ko‘rishi mumkin deysizmi? O‘sha biz yaxshi bilgan Google-da!

Foto: Trendymen

Ma'lumotlar hajmi

Tahdid haddan tashqari bo‘rttirilgan deysizmi? Yaxshi, unda o‘zingiz tekshirib ko‘ring. Google hech nimani yashirmaydi va foydalanuvchiga kompaniyada mavjud barcha ma'lumotlarni yuklash imkonini beradi. Masalan, Trendymen tahririyati muharririning arxivi 3 Gb joy oldi. Bu esa juda katta  hajmdagi ma'lumotlar degani!

Foto: Trendymen

Google Drive

Eng zo‘ri Google Drive'da yashirin. Servis, shubhasiz, foydali va qulay, undan ko‘pchilik foydalanadi. Rezyume, oylik byudjyet hisob-kitobi va boshqa foydali ma'lumotlarni ham shu yerda saqlash mumkin. Albatta, agar Google mutaxassislari ulardan foydalanishlariga qarshi bo‘lmasangiz. Maxfiylik? Qanday maxfiylik haqida gap bo‘lishi mumkin?