Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş va amaldagi hukumatni ağdarişga uriniş kabi jinoyatlarni sodir etişda ayblanayotgan jurnalist Bobomurod Abdullayev 28 mart kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi binosida qonun oldida öz qilmişiga javob berişga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Usmon Haqnazar taxallusi ostida deyarli 12 yil davomida maqolalar yozib kelgan jurnalist Bobomurod Abdullayev 28 mart kuni ötkazilgan sud majlisida qonun oldida javob berişi şartligini tan oldi.
«Men yolğon va haqoratlarim uçun qonun oldida javob berişim şart. Aytmoqçimanki, jurnalist etikasiga xos bölmagan tarzda ma'lumotlarni tekşirmay maqolalarni yozdim, köp paytda maqolada nomi eslangan şaxslarni haqorat qildim. Biroq, hukumatni ağdariş qölimdan kelmaydi. Hibsxonada saqlanayotgan kişilar bilan bir marta körişganmiz, ikkinçi marta şu yerda - panjara ortida. Öylab köring, xontaxta atrofiga yiğilgan 3-4 nafar özbek lagandagi oşni ağdarişi mumkin, hukumatni emas», deydi Bobomurod Abdullayev.
Jurnalistning aytişiça, maqolalarida keskin fikrlar bildirgani va haqoratlar mavjudligini u tan olsada, suriştiruv-tergov davrida fleşka xotirasidan topilgan radikal ğoyalar aks etgan materiallar unga tegişli emasligini iddao qilmoqda.
«Kompyuter va telefonimni tintuv qilişda men iştirok etmadim. Tergovning bu harakatlari menda şubha uyğotdi», deydi u.
Bobomurod Abdullayev Muhammad Solihdan maqolalarni tayyorlaş uçun heç qanday pul olmaganini aytganidan söng, Solihdan (Salay Madaminov) kitob tarjimasi uçun 5000 AQŞ dollari olganini sözlab berdi.
Keyingi sud majlisi 29 mart kuni soat 10.00 boşlanadi.












