Avstriya olimpiya qo‘mitasi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga 2026 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarni o‘tkazish borasida ariza yuborishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda milliy qo‘mita saytida xabar qilingan.
Murojaatda ta'kidlanishicha, musobaqalarni Grats va Shlamding shahrida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq, Kanada hukumati Kalgarining 2026 yilgi qishki Olimpiadani o‘tkazish uchun murojaatnomasini qo‘llab-quvvatlashi haqida xabarlar tarqalgandi.
O‘yinlar o‘tkazilish joyi Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Milanda 2019 yilning yozida bo‘lib o‘tadigan sessiyasida aniqlanadi.








