Inson zoti dunyoga kelibdiki, turli sinovlarga duç keladi. Bir gal quvonçli kunlardan sarmast bölsa, boşqa kuni aççiq qismatga doş berişiga majbur buladi. Yana kimdir, ayni yoşgina vaqtida oğir xastalikka çalinadi. Barça narsaga qodir Alloh boşqa bandasini unga yordamga şoşiradi.
Qibray tumani Beruniy mahallasi, A.Navoiy köçasi, 242-uyda istiqomat qiluvçi, 1985 yilda tuğilgan hamyurtimiz Toirova Şahnoza oğir xastalikka çalingan bemor yurtdoşlarimizdan biridir. Turmuş örtoği vafot etib, 1 kiz, 2 öğil bilan qolgan Şahnoza suyak siliga çalingan.
Uning sözlariga köra, Şahnoza 2014 yilda öpka siliga çalingan. Bu kasallikdan davolangaç, 2016 yilda sil kasalligi suyakka köçgan. Şifokorlar Şahnozaning xastaligiga öz vaqtida töğri taşxis qöya olmaganlari sababli, vaqti ötib ketgan va asorati oğirlaşgan. Suyak yemirilgan, şifokorlarning aytişlariça, bir-ikki umurtqa poğonasi suyaklari olib taşlangan.

Şahnozaning aytişiça, u 2 marta Hindistonga borib kelgan, beliga implant qöygan, ammo tanasi implantni qabul qilmagani sababli çiqarib taşlagan. Endilikda, u uçinçi marta Hindistonga zudlik bilan borişi talab etiladi. Bunga 10 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ zarur.


Albatta, bu ozgina mablağ emas. Biroq saxovatpeşa insonlar yurtida yaşovçi hamyurtimizga dardidan şifo topişiga kömak berişni istovçilar topilişi şubhasiz. Şu sababli, uşbu xayrli işga sababçi böliş istagida mazkur xayriya aksiyasini taşkil etişga qaror qildik. Keling, aziz, ehsonsevar vatandoşlar, 2-guruh nogironi Şahnozaning şifo topib, öz hayotini topişiga, farzandlarining kamolini körişiga hissa qöşaylik! Siz bandasining oğirini yengil qilsangiz, Alloh duolaringizni qabul qilib, niyatlaringizga yetkazsin. Ötkinçi bölgan bu dunyoda bizdan xayr-ehson, sahovat, xolis niyatda qilingan yaxşi amalimiz qolsin!
Toirova Şahnoza +998 93 562 00 36













