Pul-kredit siyosatini rivojlantiriş va örta muddatli istiqbolda amalga oşiriş konsepsiyasida inflyatsiyaviy targetlaşga ötiş belgilangan, deb yozmoqda Norma.
 
Inflyatsiyaviy targetlaş 1989 yilda Yangi Zelandiyada joriy etilgan. Bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakat, ular qatorida Armaniston va Rossiya ham bor, mazkur rejimni faol qöllamoqda. Belarus va Qozoğiston Markaziy banklari inflyatsiyaviy targetlaşga ötiş maqsadi va dasturlari haqida bayonot berişdi.
 
Özbekistonda inflyatsiyaviy targetlaşga ötiş Pul-kredit siyosatini rivojlantiriş va örta muddatli istiqbolda amalga oşiriş konsepsiyasida nazarda tutilgan.
 
Inflyatsiyaviy targetlaş - pul-kredit siyosatining rejimi bölib, unga köra oxirgi maqsad sifatida narx barqarorligi közlanadi. Markaziy bank foiz siyosati vositasida uni ta'minlaş çoralarini köradi va öz siyosatining natijasi uçun ommaviy javobgar böladi.
 
Inflyatsiyaviy targetlaş inflyatsiyaning volatilligi va inertligini pasaytirişning samarali dastagi hisoblanib, u öz navbatida, örta muddatli istiqbolda iqtisodiyotning mustahkam va barqaror ösişi uçun qöşimça şaroitlar yaratadi.  Mazkur rejim Markaziy bankka inflyatsiya böyiça maqsadli körsatkiçlarga erişiş uçun katta imkoniyatlarni nazarda tutadi. Bunda Markaziy bank diqqat e'tiborini köproq iqtisodiyotning içki muammolariga qarata oladi, sababi inflyatsiyani targetlaş makroiqtisodiy vaziyatdagi özgarişlarga yanada qayişqoqlik bilan yondaşişga imkon beradi. 
 
Inflyatsiyaviy targetlaş rejimiga ötişga tayyorgarlik köriş pul-kredit siyosati dastaklari ta'sirini çeklovçi asosiy omillarni aniqlaş va bartaraf etişni talab qiladi. Bugungi bosqiçda Özbekistonda pul-kredit siyosatining amaldagi dastaklarini takomillaştiriş va zamonaviy dastaklarni joriy etişga ustuvorlik beriladi. 
 
Mamlakatda hozirda pul-kredit siyosatini amalga oşiriş uslublarini inflyatsiyaviy targetlaşga ötkaziş uçun huquqiy asoslar yaratilgan. Xususan, valyuta siyosatini liberallaştiriş, ayirboşlaş kursi şakllanişining bozor şaroitlarini yaratiş böyiça çoralar körilgan, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari aniq belgilab berilgan, pul-kredit siyosatini amalga oşiriş faol bosqiçga ötmoqda, inflyatsiyani hisob-kitob qiliş va baholaş uslubiyati takomillaştirilgan.