Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minglab falastinliklar Isroil armiyasi bilan to‘qnashdi. Qurbonlar va 500dan ortiq jarohatlanganlar bor
G‘azo sektori bilan chegarada Isroil armiyasi falastinliklar bilan to‘qnashdi. Jerusalem Post xabariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv oqibatida 6 nafar falastinlik halok bo‘lgan.
Nashrda yozilishicha, 500dan ortiq kishi ushbu to‘qnashuv oqibatida jabrlangan.
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra esa jarohatlanganlar soni 420 nafar atrofida.
Isroil Mudofaa armiyasi ma'lumotiga ko‘ra, 17 ming falastinlik hujum uyushtirgan.
Isroil armiyasi ma'lum qilishicha, 30 mart kuni G‘azo sektori bilan chegarada yana bir falastinlik fermer o‘ldirilgan, bir necha kishi jarohatlangan.

Bundan oldinroq, Isroil va G‘azo sektori chegarasida minglab falastinliklar norozilik namoyishi uyushtirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25 / 18.06.2026